Tishim Og'riyapti — Nima Qilish Kerak?
Tish og'rig'i — bu signal. Tanangiz sizga biror narsa noto'g'ri ekanligini aytmoqda. Quyida birinchi yordam va nima qilish kerakligi haqida batafsil.
Darhol shifoxonaga boring agar:
- !Harorat 38°C dan yuqori
- !Yuz yoki bo'yin shishgan
- !Yutish yoki nafas olish qiyinlashgan
- !Og'riq 24 soatdan ortiq davom etyapti
- !Og'iz ocha olmayapsiz
Birinchi yordam — hozir nima qilish kerak
Og'riq qoldiruvchi dori qabul qiling
Ibuprofen 400mg yoki Paracetamol 500mg — ko'rsatmaga qarang. Tishga to'g'ridan-to'g'ri aspirin qo'ymang — tish go'shtini kuydirib yuboradi.
Iliq sho'r suv bilan chayqang
1 choy qoshiq tuz + 1 stakan iliq suv. 30 soniya chayqab tuping. Bu bakteriyani kamaytiradi va og'riqni biroz yumshatadi.
Tish orasini tozalang
Ehtiyotkorlik bilan tish ipi bilan ovqat qoldiqlarini olib chiqing. Ba'zida og'riq faqat tish orasidagi oziqdan bo'ladi.
Musni qo'ymang
Ko'pchilik "muz sovutadi" deb o'ylaydi — aslida sovuq tishning sinirini yanada ta'sirlantiradi va og'riqni kuchaytirishi mumkin.
Tish og'rig'ining sabablari
Kariyes (tish chirishi)
Eng keng tarqalgan sabab. Dastlab og'riq shirin narsada bo'ladi, keyin mustaqil og'riq boshlanadi. Shifokor teshikni to'ldiradi.
Pulpit (asab yallig'lanishi)
Kuchli pulsatsiyali og'riq, ayniqsa tunda. Tishni olib tashlash yoki kanal to'ldirish kerak.
Abstsess (yiring)
Tish tubida yiring to'planishi. Shish, harorat, qattiq og'riq. Xavfli — darhol shifokorga!
Tish sinishi
Qattiq ovqat yeganda yoki jarohatlanganda. Singan tish asabni ochib qo'yadi — juda og'riydi.
Milk yallig'lanishi
Milk qizarishi, qon chiqishi, sezgirlik. Periodontit boshlang'ich bosqichi bo'lishi mumkin.
Aql tishi (8-tish)
Chiqayotgan aql tishi kuchli og'riq beradi. Ko'pincha olib tashlash kerak.
Ko'p so'raladigan savollar
Tish og'rig'i uchun uyda nima yordam beradi?
- ✓ Ibuprofen yoki Paracetamol (og'riq qoldiruvchi)
- ✓ Sho'r suv bilan chayqash
- ✓ Karanfil moyi — Eugenol (dorixonada) — vaqtinchalik og'riqni kamaytiradi
- ✓ Yostiqni ko'taring — bosh balandroq bo'lsin, qon bosimi kamayadii
Muhim: Uy davo — bu vaqtinchalik. Shifokorga murojaat qilmasdan o'z-o'zini davolash mumkin emas.
Tish og'rig'i qanchadan keyin o'tadi?
Farg'onada tish og'rig'i uchun qayerga borish kerak?
Tish og'rig'ida nimachilikni yoqish mumkinmi?
Tishingiz og'riyaptimi?
Bugun qo'ng'iroq qiling — Farg'onada bepul ko'rik
Alisher Navoiy ko'chasi, 44 · Har kuni 09:00–18:00
+998 (88) 303-11-00Shifokor Vasilov Eldor Rahmatovich · Implantolog, 10+ yil tajriba